Toshkent · Bishkek · Andijon Dush–Shan 08:00–17:00, yozilish asosida
Dr. Nafisa Usmonovna Radjabova

Tibbiy jamoa

Dr. Nafisa Usmonovna Radjabova

Akusher-ginekolog | Reproduktolog

21+yillik tajriba
RU · UZMuloqot tillari

Ankalife Toshkent (Olmazor)

Shifokor haqida

Nafisa Usmonovna Radjabova ko‘p yillik tajribaga ega akusher-ginekolog va reproduktolog. Ayollar salomatligi, bepushtlikni tashxislash va davolash hamda EKO (IVF) yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

Har bir bemorga individual yondashuvni qo‘llab, zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan foydalangan holda oilalarning farzandli bo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilib kelmoqda.

Ta’lim va kasbiy faoliyat

  • 2005Buxoro Davlat Tibbiyot instituti, Davolash fakulteti
  • 2008Samarqand Davlat Tibbiyot instituti, akusherlik va ginekologiya magistraturasi
  • 2009–2010Markaziy Harbiy gospital, qon preparatlarini tayyorlash bo‘limi mudiri
  • 2010–2023Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 6-oilaviy poliklinikasi, akusher-ginekolog
  • 2020–2021Navoiy shahar Perinatal markazi, akusher-ginekolog
  • 2023-yildan hozirgachaAnkalife Toshkent klinikasi, akusher-ginekolog va reproduktolog

Mutaxassislik va faoliyat yo‘nalishlari

  • Ayollar reproduktiv salomatligini baholash va davolash
  • Bepushtlik sabablarini aniqlash va kompleks davolash
  • EKO (IVF), ICSI va boshqa yordamchi reproduktiv texnologiyalar bo‘yicha maslahat
  • Homiladorlikni rejalashtirish va kuzatish
  • Ginekologik kasalliklarni zamonaviy usullar asosida tashxislash va davolash

Qabul qiladigan markazlar

Telegramda yozing