Shifokor haqida
Dots. dr. Cihangir Çakıcı — akusher-ginekolog, EKO bo‘yicha mutaxassis va Ankalife klinikalar tarmog‘ining asoschisi. 1983-yilda Hacettepe universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagan, 1995-yilda dotsent unvonini olgan.
Turkiyada EKO bo‘yicha sertifikat olgan birinchi shifokorlardan biri. 1996-yilda Bayindir shifoxonasida EKO markazini ochgan va unga rahbarlik qilgan; 1997-yilda Belgiya va Isroilda yordamchi reproduktiv texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirgan. 2008-yildan buyon Ankalife nomi bilan markazlar ochmoqda: Bishkek (2015), Toshkent (2019), Andijon va O‘sh (2022).
1992–1994-yillarda Anqara ginekologiya assotsiatsiyasi, 1994–1995-yillarda Turkiya ginekologiya assotsiatsiyasi bosh kotibi bo‘lgan. 2013-yilda shifokorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida «Shifokorlar assotsiatsiyasi»ga asos solgan va hozirgacha uning prezidenti; 2023-yilda Turkiya bepushtlik jamg‘armasi prezidenti etib saylangan. Turkiya va xorijda ko‘plab ilmiy nashrlari bor, konferensiya va o‘quv dasturlarida ma’ruzachi sifatida qatnashadi. Ingliz tilini yuqori darajada biladi.